Viloyat Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi 2 dekabr kuni o‘tkaziladi

Bu haqda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 28 noyabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan” xalq deputatlari viloyat Kengashi nazoratini o‘rnatish to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 yanvardagi “2025 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida” Qarori ijrosi yuzasidan viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Temur Mahmudovning hisoboti;

- Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida;

- Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi tomonidan Xalqaro moliyaviy instituti mablag‘lari hisobidan xalqaro ahamiyatdagi A377-“Samarqand - Ayniy” avtomobil yo‘lining 0-37 kilometr qismini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida;

- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025 yil 23 sentyabrdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qarori bilan ajratilgan mablag‘larning tejab qolingan qismini qaytadan yo‘naltirish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyatida Renovatsiya loyihasini tashabbus qilish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash to‘g‘risida;

- Tashqi reklama va axborot ob’yektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatish chizmasi loyihasini kelishish to‘g‘risida;

- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.