Xorijlik kinoijodkorlar – Samarqandda

Joriy yilning 28 sentyabr – 3 oktyabr kunlari yurtimizda “Ipak yo‘li durdorasi” Toshkent xalqaro festivali o‘tkaziladi.

Festival doirasida respublikamiz bo‘ylab xorijiy mamlakatlar kino kunlari tashkil etiladi.

Jumladan, 30 sentyabr kuni Samarqandda Rossiya, Hindiston, Belarus va Fransiya davlatlari, 1 oktyabr kuni esa Italiya, Misr Arab Respublikasi, Polsha va Eron Islom Respublikasi kino kunlari o‘tkaziladi. Bunda hujjatli va badiiy filmlar namoyishlari, ijodiy uchrashuvlar ko‘zda tutilgan.

Xalqaro kinofestival doirasida shu kunlarda Samarqandda “Kino besh kunda” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha bo‘yicha Fransiya, Rossiya va Armaniston davlatlarining yosh kinoijodkorlari Respublika kinematografiya agentligi vakillari hamrohligida viloyatimizga kelib, filmlarni tasvirga olishga kirishdi.