XTV o‘rinbosari Samarqand shahri maktablaridagi sharoitni o‘rgandi

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari I.Jo‘rayev Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarining holati, ta’lim-tarbiya jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan qurilish-obodonchilik ishlari bilan tanishdi.

Shaharning  5-, 12-, 23-, 27-, 35-, 48-, 47-, 65-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lgan o‘rinbosar muassasalar binosi, sinfxonalar, dars mashg‘ulotlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ba’zilarini kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ta’mirlash va qurilish ishlari bo‘yicha tavsiyalar berdi. Joriy kuz-qish mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish, bu boradagi muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish lozimligini qayd etdi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.