Yangi Mehnat kodeksi ishchi-xodimlar ishiga yengillik berdi
Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi.
Bunda:
3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;
3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;
5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;
10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;
15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Amaldagi Mehnat kodeksida ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.
Shuningdek, bundan buyon O‘zbekistonda dam olish kuni kalendar dam olish kuniga (shanba yoki yakshanba) to‘g‘ri kelsa, keyingi ish kuni (dushanba) ham rasman dam olish kuni hisoblanadi.
Masalan, agar 8 mart yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 8 va 9 mart rasmiy dam olish kunlari bo‘ladi.