Mehnat kodeksiga xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda

Ushbu tartib Prezident tomonidan 2025-yil 13-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunda belgilandi.

Unga ko‘ra, Mehnat kodeksiga "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta’til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi.

Davlat organlari va tashkilotlarida ishga qabul qilish chog‘ida shaxsning pasporti yoki ID-kartasini, mehnat va pensiya daftarchasiga oid ma’lumotlarni talab qilmasdan, mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab olish belgilandi.