Yangi o‘quv yili yangi g‘alabalar bilan boshlandi
Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir avvalida sportning og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni Hikmatulla Haydarov shu dargohda tantanali kutib olindi.
H.Haydarov Toshkentda o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, chempionga aylandi. Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo rekordini yangilab, chempionatni yana bir tarixiy natija bilan boyitdi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari H.To‘xtayev va H.Haydarov so‘zga chiqib, yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdi. Sportda muvaffaqiyat qozonish uchun sportchilarimizda barcha imkoniyatlar borligini ta’kidladi.
Shuningdek, nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan markazning bir guruh sportchi-yoshlari munosib taqdirlandi.