Zamonaviy avtobuslar tuman yo‘nalishlarida ham qatnaydimi?

Samarqand shahrida zamonaviy avtobuslar qatnovi keng yo‘lga qo‘yildi. Natijada odamlar ham avtobusda yurishga ancha o‘rganib qoldi.

Har oyda yangi avtobuslar ham keltirilyapti va yo‘nalishlarga qo‘yilyapti. Buni ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi.

Xuddi shu ishni tumanlarda ham yo‘lga qo‘yish mumkinmi, yo‘qmi? "Hazora" bekatidan Toyloq tumani markazigacha qatnovchi zamonaviy avtobusni aytmaganda boshqa bunday qulaylik yo‘q. Kundan-kun oshib borayotgan "probka"larni yo‘qotishning yo‘li ham jamoat transportini rivojlantirish emasmi?

Jamoat transportida yurish aslida shaxsiy avtomobilda yurishdan oson bo‘lishi kerak...