Samarqand tumani hokimi ishdan olindi

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bir qator ob’yektlar, yangi loyihalar bilan tanishgan davlat rahbari kunning ikkinchi yarmida Samarqand tumanida viloyat, tuman, shahar sektor rahbarlari, viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Mazkur majlis ishtirokchilarining ma’lum qilishicha, Samarqand tumani hokimi Shuhrat Jamolov shuningdek, qolgan uch sektor boshliqlari ishdan olingan.