O‘zbekistonda pul almashadimi? Markaziy bank raisi bunga aniqlik kiritdi
- 20.08.2019 13:00
- 5750
- Iqtisodiyot

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘mning denominatsiya qilinishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi valyuta siyosati bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida bunga aniqlik kiritdi.
“Denominatsiya oddiygina nollarni o‘chirish emas, katta iqtisodiy xarajat. Biz denominatsiya qilmoqchi emasmiz. Markaziy bank raisi sifatida aytmoqchiman, denominatsiya hech kimning xayolida yo‘q.
Denominatsiya iqtisodiy barqarorlik va kuchli inflyasiya sharoitida o‘tkaziladi. Bizda ahvol unday emas", - dedi Markaziy bank raisi.
Teglar:
valyuta
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Oyoqqa turib olay..."
- Kecha, 17:56
- Mutolaa
JSST yangi epidemiya haqida ogohlantirdi
- Kecha, 14:35
- Salomatlik