Samarqandda salkam 53 ming xonadon raqamlanmagan. Eng ko‘p holat qaysi hududda?

Prezident qarori bilan 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Mustaqlllik yillarida ilk bor tashkil etilayotgan bu tadbir aholi sonini aniqlab qolmasdan, ularning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarini ham o‘z ichiga oladi. 2022 yilda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish tadbirlari doirasida joriy yilning 1 avgustiga qadar aholi punktlari, ko‘chalarning nom belgilari, xonadon va uylarni raqamlash ishlari to‘liq tugatilishi topshirilgandi.

Viloyatning tuman (shahar) mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq aholi punktlari bo‘yicha uy va xonadonlarni raqamlash ishlari olib borildi. Hozirgacha viloyatimizdagi 52 ming 710 ta uy yoki xonadon raqamlanmagan. Shundan, Samarqand shahrida 3266, Kattako‘rg‘on shahrida 150, Oqdaryo tumanida 7914, Jomboy tumanida 7767, Qo‘shrabot tumanida 8388, Past Darg‘om tumanida 2565, Paxtachi tumanida 3513, Samarqand tumanida 10 ming 650, Toyloq tumanida 8372 ta uy yoki xonadon raqamlanmagan.

Firdavs ShUKUROV,

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim bosh mutaxassisi.