Toshkent aeroportida yarim kiloga yaqin tilla olib kelayotgan yo‘lovchi ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro B.K. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 153 million so‘mlik 460,52 gramm sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.