Ukraina, Qozog‘iston va Qirg‘iziston COVID-19 infeksiyasi yuqori tezlik bilan tarqalayotgan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi

Bu haqda Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, yuqorida ko‘rsatilgan davlatlardan tashqari Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersegovina, Armaniston, Shimoliy Makedoniya, Kosovo, Moldova va Shvetsiya davlatlari ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.
Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga qadar Ukrainada 41 117 (so‘nggi kecha-kunduzda +1109) nafar, Qozog‘istonda 20 319 (so‘nggi kecha-kunduzda +569) nafar va Qirg‘izistonda 4 446 (so‘nggi kecha-kunduzda +242) nafar koronavirus holati qayd etilgan.