Viloyat hokimi 50 nafar samarqandlik yosh ijodkorlarga zamonaviy telefon sovg‘a qildi

O‘tgan yili Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov “Hokim va yoshlar” uchrashuvida murojaatlariga e’tiborsiz qarayotgan rahbarlar hamda jamiyatdagi muammo va kamchiliklar haqida ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borishlari uchun bir guruh faol yoshlarga zamonaviy smartfonlar sovg‘a qilishini bildirgandi.

Bugun Samarqand shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilgan tadbirda viloyat rahbari 50 nafar yosh ijodkor (bloger)larga so‘nggi rusumdagi telefonlarni taqdim etdi.

***

Ana shu yosh ijodkorlar qatori  Zarnews sayti xodimi Feruz Yaxshiboyev ham ushbu telefonlarning biriga ega bo‘ldi.