Xalqimiz sizdan minnatdor, hokim bobo!

Payariq tumani Istiqlol mahallasida viloyat hokimi E.Turdimov aholi bilan uchrashib, sayyor qabul o‘tkazgandi. Qabulda aholi tamonidan o‘nlab yechimini topmayotgan masalalar ko‘tarildi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay aholi tomonidan bildirilgan muammolar bartaraf etila boshlandi.
- Qishlog‘imizga boradigan yo‘lning ahvoli juda nochor edi, - deydi Oqtosh mahallasi, Allayorquduq qishlog‘ilik Rajab Shakarov. - Qishda mashinalar tugul piyodalar ham yurolmay qolishardi. Murojaat qilmagan joyimiz qolmadi. Qayerga borsak, “erta kel, indin kel”, degan javob. Viloyat hokimining sayyor qabuliga borib, u kishi bilan yuzma-yuz muloqot qildim. Qishlog‘imiz ahli nomidan yo‘l masalasini ko‘tardik. Vaziyatni to‘g‘ri baholagan hokim murojaatimizni o‘sha vaqtning o‘zida hal etdi. Ertasi kuni 2,5 kilometrlik yo‘lga tosh to‘shala boshlandi. Bundan xalqimiz behad minnatdor bo‘lyapti.
Shuningdek, qabulda ishtirok etgan Yangiobod qishlog‘i ahlining ham quvonchi cheksiz. Ularning talab va istaklari inobatga olinib, hozirda qishloqdagi 3,6 kilometrlik ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari boshlab yuborildi.
Husniddin XOLDOROV.