Yoshlar muammolari sektor rahbarlari e’tiborida

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand shahrida viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan yoshlarni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish uchun “mahallabay” amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida aholiga, xususan, yoshlarga hisobot berish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Festival tarzida uyushtirilgan tadbirda yurish marafoni, harbiy texnika va qurol aslahalar ko‘rgazmasi, beshta muhim tashabbus bo‘yicha o‘quvchi va talaba-yoshlarning chiqishlari tashkil etildi.
Pushkin nomidagi viloyat kutubxonasi va ’’IT park’’da ochiq eshiklar kuni tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Samarqand shahridagi yoshlar markazida viloyat sektorlari rahbarlarining hisoboti tinglandi. Yoshlar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar va takliflarni o‘rtaga tashladi. Ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar berildi.
- Haydovchilarning spirtli ichimlik iste’mol qilganini aniqlovchi uskuna ixtiro qildim, - deydi Dostonbek Eshonov. - Buni bugun viloyatning 3-sektori rahbari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bilan birga sinovdan o‘tkazdik. U kishi bu uskuna yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari uchun juda zarur ekanligini aytib, buning ustida mukammal ishlashimni va qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini aytdi.
Shahzod Yoqubov.