Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 29 oktyabr, №136) sonida o‘qing

Oddiy tomorqachi - Jomboy tumani Zarafshon mahallasida yashovchi Rahmon Sarabekov uy sharoitida, ochiq tomorqada limon yetishtiryapti. Uning parvarishida qanday sir bor?

***

2017 yilda paxta shrotining 1 tonnasi uchun 976,8 ming so‘m narx belgilangan edi. Biroq “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qadoqlangan paxta shroti 2018 yil yanvar-may oylarida birja savdolarida boshlang‘ich narx asossiz ravishda 50,9 ming so‘m ortiqcha belgilanib, 1 tonna mahsulot 1027,7 ming so‘mdan sotilganligi aniqlangan.
Xo‘sh, ushbu holatda korxonaga qanday chora ko‘rildi?

***

Mutaxassis bong uradi: O‘rta ta’lim hajm va mazmun jihatidan shunchalik kattalashib, murakkablashib bormoqdaki, endilikda bolalarning tabiiy imkoniyatlari sathidan butunlay chiqib ketish xavfi bor. Chunki o‘quvchilar g‘oyat murakkab tushunchalar bilan keragidan ortiq to‘yintirilgan darsliklar, to‘rt yuz-besh yuz sahifali ko‘plab mashq va masalalar, test to‘plamlarini o‘qish va yechishga ulgurmayapti.