Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Boshqa noto‘g‘ri yo‘nalish poyezdiga adashib chiqqan yo‘lovchi, poyezdni eng yaqin stansiyada tark etishi kerak

Bu holatda yo‘lovchi poyezdga adashib chiqqan stansiyasiga bepul qaytarib yuboriladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.

🕔 Chiptada ko‘rsatilgan muddatdan oldin poyezdga chiqqan yo‘lovchi yo‘ldagi stansiyada o‘z chiptalarini qayta rasmiylashtirish sharti bilan shu poyezdda manziliga yetib olishi mumkin.

Chiptasida ko‘rsatilganidan qimmatroq vagonga (masalan, chipta platskartga olingan vagon kupe bo‘lsa) kirib qolgan yo‘lovchidan jarima undirilmaydi. Yo‘lovchi bu holda uning chiptasiga mos keluvchi vagonga o‘tishi shart yoki bo‘sh joylar bo‘lsa, ushbu vagonda qo‘shimcha to‘lov evaziga qolishi mumkin.