Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bunaqasi birinchi marta - Payariqda "Beshik sayli" o‘tkazildi

Payariq tumanida “Beshik sayli” o‘tkazildi. Unda tumandagi 65 ta mahalla faollari, keksa onaxonlar, maktab, 11 ta kollej bitiruvchilari va uyushmagan xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Beshik saylida ishtirokchilar har bir mahalla o‘z hududida  milliy urf-odatlarning o‘tkazilishi, beshik va uning paydo bo‘lishi, beshikka belash marosimlari, alla va uning bola tarbiyasidagi ahamiyati, alla aytilishi, milliy buyumlar ko‘rgazmasi kabi jarayonlarni namoyish etdi. Ushbu tadbirda faol ishtirok etgan 10 nafar ishtirokchilar tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning biri - xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” ham tashkil etildi. Ushbu tadbirda 184 ta bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 22 nafar murojaat o‘rganib chiqilib, shundan 13 nafarining bandligi ta’minlandi, 9 nafariga huquqiy maslahatlar berildi.
Sayilda viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Alimova ishtirok etdi.