Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Chiroyli” avtoraqamlar sotuvi 2,6 martaga o‘sdi

2020 yilning 10 oyida avtoraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn-auksionlar orqali 218,8 milliard so‘mlik 80,5 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi.

Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2,6 marotabaga, hajmi bo‘yicha – 71,2 foizga o‘sdi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,6 million so‘mni tashkil etgan.

Bunda, sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 186,2 million so‘mni tashkil qildi.

Yaqinda “Avtoraqam” mobil ilovasi yangi ko‘rinishda ishga tushirilib, unga savdo ishtirokchisini onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish va avtoraqam bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish funksiyalari qo‘shildi. Kiritilgan yangiliklar foydalanuvchilar uchun mobil ilova yordamida birjaning avtoraqam onlayn-auksionlarda erkin ishtirok etish imkoniyatini to‘la taqdim etadi.