Samarqandlik haydovchilar auksionga qo‘yilgan davlat raqam belgilarini soxtalashtirgan
Ijtimoiy tarmoqlarda "Allaqachon Samarqand ko‘chalarida taqib yurilgan avtoraqamning narxi shu daqiqalarda onlayn auksionda 500 million so‘mdan oshdi.
Auksionda hozir savdo bo‘layotgan avtoraqam qanday qilib Samarqand shahri ko‘chalarida “sayr qilmoqda?” mazmunida xabarlar tarqaldi.
Hozirda ushbu davlat raqam belgisi viloyat IIB YHXB ihtiyorida saqlanmoqda.
“Malibu” rusumli qora mashinadagi raqam fotoshop dasturi orqali qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Oq rangli “Malibu” avtomashinasiga esa raqamlar qo‘lbola yasab o‘rnatilgan. Hozirda ushbu haydovchilarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu raqam auksion orqali sotib olgan fuqaroga tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi haqiqatga yaqin bo‘lmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz, deyiladi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
* Ayni paytda Samarqand viloyati uchun 14 dekabr kuni auksion sotuvga chiqarilgan, istalgan harf kombinatsiyasidagi ilk avtoraqam 4 yanvar kuniga qadar 569 765 000 so‘mga chiqqan.