Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dezinfeksion tunnellarga sarflangan mablag‘lar endi nima bo‘ladi?

Nurmat Otabekov Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, respublika bosh sanitariya inspektori:

➖ Dezinfeksion tunnellar AQSh, Rossiya, Fransiya davlatlari singari ko‘plab davlatlar qatorida O‘zbekistonda ham uzoq muddat davomida qo‘llanib kelindi.

Ushbu vosita havo, odamlar ustki kiyim-boshlari, kichkina gabaritli transportlarni dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan.

Dezinfeksion tunnellarda viruslar, jumladan, koronavirus va boshqa mikroorganizmlarni nobud qiladigan dezinfeksiya vositalari ishlatiladi.

Respublika maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, hozirgi kunda binolar va boshqa ob’yektlarga kiraverishda dezinfeksion tunellar o‘rnatish to‘xtatildi. Ushbu qaror Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra qabul qilindi.

Olimlar, virusologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida dezinfeksion tunnellari orqali dezinfeksiya o‘rtacha 5-30 sekundni tashkil etib, viruslarni inaktivatsiya qilish uchun bu vaqt yetarli emas, degan xulosaga kelindi.

Hozir ham ba’zi davlatlarda, xususan, Italiya, Singapur, Malayziyada ham dezinfeksion tunnellardan foydalanishga ruxsat berilgan.

Koronavirus kasalligi tashxisi, davolash usullari va profilaktikasiga qaratilgan tadbirlar takomillashib bormoqda.

Shu paytgacha JSSTning ham aniq takliflari yo‘q edi. Hatto koronavirus kasalligiga chalinganlarni davolash bo‘yicha protokollar ham muntazam o‘zgarib bordi va O‘zbekistonda shu kunga qadar 6 ta davolash protokoli amaliyotga kiritildi.