Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yetuk mutaxassis tayyorlash – kelajak uchun eng yaxshi sarmoya

O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tubdan islohotlar olib borilayotgan bir vaqtda “ERIEL” guruhi mamlakat ishlab chiqarish kuchini innovatsion yangilab, ijtimoiy o‘zgarishlarning oldingi qatoridan joy egallab kelmoqda.

Zamonaviy texnologiyalarning o‘zlashtirilishi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnatni tashkil etishning taraqqiy etgan shakllarini joriy etishga doimiy e’tibor qaratilishi, ijtimoiy hamkorlik va korporativ madaniyatning yuqori darajasini saqlab qolish imkonini beradi.

Kompaniya jamoasining minglab a’zolari manfaatlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar birlashmasida ijodiy qobiliyatga ega bo‘lgan yakdil fikrlovchi mutaxassislar guruhini shakllantirishga alohida o‘rin qaratilgan.

Bu o‘rinda AQSh mustaqilligi arafasida atoqli olim, siyosatchi va islohotchi Benjamin Franklin ta’kidlab o‘tgan so‘zlarni eslash joiz: “Ilm olishga kiritilgan sarmoya har doim eng yaxshi daromad keltirgan”.

Aynan kompaniya rahbarlari va mutaxassislarning ta’lim darajasi va kasbiy mahoratini uzluksiz takomillashtirishning dolzarbligi 2012 yilda kompaniya tuzilmasini yaratishga sabab bo‘lgan.

Qarshi shahridagi o‘quv markazida ishlab chiqarishning quyi darajali mutaxassislarini tayyorlash va 2018 yil yanvar oyida “ERIELL” guruhining barcha bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashga mo‘ljallangan HOY “ERIELL prof education” o‘quv kursi tashkil etilgan.

Kompaniyaning ishlab chiqarish ko‘lami doimiy o‘sib borayotganini hisobga olgan holda, o‘quv markazi, o‘quv reja va dasturlarini shakllantirishda tabaqalashtirilgan yondashuvga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘quv jarayoni bir oylik kasbiy ta’lim kurslari doirasida 5 asosiy o‘quv modullari asosida shakllantirilgan: nazariy, korporativ, amaliy, kommunikatsiyaviy va madaniy. O‘quv yuklamasining 40 foizdan ortig‘i  asosiy faoliyat sohasida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari miqdorini oshirish, resurslardan foydalanish va boshqaruv qarorlarini optimallashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni kuchaytirishga mo‘ljallangan modulga to‘g‘ri keladi. Barcha modullar eksklyuziv yondashuvga ega, kompaniya xizmatlarining intensiv murojaatlarini hisobga olgan holda tuziladi.

O‘quv mashg‘ulotlarining sifati yangi ta’lim texnologiyalari va texnik vositalarni keng qo‘llash, interfaol o‘qitish usullarini joriy etish hamda eng yangi o‘quv materiallaridan foydalanish orqali ta’minlanadi.

Bir oylik o‘quv kurslari davomida tinglovchilarning mustaqil ishlashi samarasini oshirishga asosiy e’tibor qaratiladi. Buning uchun barcha o‘qilayotgan leksiyalar uchun keng ko‘lamli ma’lumotlar bazasi yaratilgan.

Ta’lim jarayonining barcha jihatlarini takomillashtirish maqsadida nafaqat iqtisodiyot va menejmentning asoslarini biladigan, balki keng amaliy tajribaga ega bo‘lgan yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, o‘qituvchi-mutaxassislar tarkibi aniqlanadi va jalb etiladi.

Kompaniya iqtidorli yoshlarni aniqlashga katta e’tibor qaratadi. Shu maqsadda o‘quv markazi bazasida 2018 yildan boshlab “Networking” yoshlar fikr almashuvi klubi faoliyat yuritmoqda. Klub faoliyati aylana stol, aqlni charxlash, ishbilarmonlik va vaziyatli o‘yinlar orqali amalga oshiriladi.

2020 yilning yanvar oyida o‘quv markazi qoshida “ERIELL” burg‘ulash maktabi yo‘nalishi, burg‘ulash kompaniyasining eng istiqbolli yosh muhandislarini zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etildi.

“HOY “ERIELL prof education” faoliyatidagi yangi bosqich fundamental yangi kurs - ANSI PMI PMBOK GUIDE 2017 standarti asosida loyiha boshqarish asoslari yo‘nalishining tashkil etilishi bo‘ldi. Mazkur o‘quv kursi “UNG-2” loyihasi direksiyasi xodimlari uchun 2019 yilning sentyabrida tashkil etildi. Kurs ochilishida Toshkentdagi Vebster (AQSh) universitetining professor-o‘qituvchilari Slobodan Pesich va Jon Greynjer qatnashdi. Ular kursning o‘quv dasturiga PM BOK xalqaro standartlarning barcha asoslari kiritilganini ta’kidladi.

HOY “ERIELL prof education” o‘quv kurslari tashkil etilgandan buyon bir oylik professional rivojlanish kurslarida 680 nafarga yaqin tinglovchi tahsil oldi. Qisqa muddatli kurslar, treninglar va jamoa tuzish o‘quv mashg‘ulotlari markaz faoliyatining samarali qismiga aylandi.

“ERIELL” guruhining faol xalqaro faoliyati va Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Singapur, Hindiston, Indoneziya, Yevropa va boshqa mintaqalardan bo‘lgan mutaxassislarning katta bo‘limi mavjudligi sharoitida xodimlarning til tayyorgarligini oshirish bo‘yicha HOY “ERIELL prof education”ning muhim faoliyatiga aylandi. Mazkur kurslarda 6 hil darajali tayyorgarliklar asosida 800 dan ortiq xodim ingliz tili kurslarini tinglashdi.

HOY “ERIELL prof education” to‘plagan tajriba, tashkil etayotgan o‘quv kurslari kompaniyalar raqobatbardoshligini oshirishga, oldinga qo‘yilgan maqsadlarni omadli amalga oshirishga xizmat qiladi.

ERIELL Group matbuot xizmati.