Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gazeta tashabbusi bilan sport musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand shahridagi “Afrosiyob” sport majmuasida viloyat “Ovozi Samarqand” gazetasi tashabbusi bilan fudokan karate-do bo‘yicha respublika turniri tashkil etildi.

Gazeta tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqada samarqandlik sportchilar bilan birga respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 800 nafarga yaqin karatechilar turli yosh toifasida bellashdi.

Tadbirda avvalida so‘z olganlar davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilganligini alohida ta’kidladi.

Bellashuvda Toshkent shahri jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Jizzax viloyati sportchilari egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Farg‘ona va Qoraqalpog‘iston Respublikasi karatechilariga nasib etdi.

Turnir g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.

Husan ELTOYeV.