«Dinamo» professional futbol klubiga direktor tayinlandi

2026 yilgi futbol mavsumining ikkinchi qismi oldidan «Dinamo» PFK rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi.

O‘tgan yarim yil davomida klub bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Ro‘ziyevga jamoadagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirildi va u viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti sifatidagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
Klub muassislari va rahbariyat qaroriga ko‘ra, Anvar Nosirov – «Dinamo» PFK bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Anvar Shuxratovich 2013-2017 yillar davomida Samarqandning «Sherdor» klubi sharafini himoya qilgan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida viloyat futbolida murabbiy va «Sherdor» futbol klubi rahbariyatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Keyingi yillarda Samarqand futbolida bolalar-o‘smirlar futbolida katta yutuqlarga erishgan, xususiy klubdagi samarali faoliyati orqali tanilgan 29 yoshli mutaxassis «Dinamo» PFK bosh direktori lavozimida ishlab, viloyatimiz futboli rivojiga hissa qo‘shadi, deb umid qilamiz.