Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Imom Abu Mansur Moturidiy ilmiy merosi haftaligi boshlandi

Samarqand viloyatida “Imom Abu Mansur Moturidiy va Moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida allomaning ilmiy merosi haftaligi boshlandi.

Ilk tadbir Samarqand davlat universitetida tashkil etildi.

- Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida o‘tmishdagi mutafakkirlarimiz, diniy alomalarning merosi har taraflama o‘rganilmoqda, - deydi markaz direktori bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori Baxtiyor To‘rayev. – Shu jumladan, markazimizda Moturidiy ilmiy merosini o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Shu kunlarda o‘tkazilayotgan haftalik doirasidagi tadbirlarda alloma merosining mag‘zini tashkil etuvchi e’tiqod masalasi, har xil oqimlarga qarshi kurashishda moturidiylik ta’limotining ahamiyati xususida so‘z bormoqda.

Haftalik doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan yangi kitoblar taqdimoti ham o‘tkazilmoqda.

To‘lqin SIDDIQOV.