Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kapital bozori: Jamiyat nizomi nega rad etilgan?

Hozirda viloyatimizda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchici bo‘lgan 27 ta yuridik shaxsning nizom jamg‘armalariga 111 milliard 143 million so‘mlik, 80 million 991 dona qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risida qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Targ‘ibot va tashviqot ishlarining samarasi sifatida emitentlar vakolatli boshqaruv organlari qarorlari asosida 2 ta emitent nizom jamg‘armasini oshirish maqsadida qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi qarorlar davlat ro‘yxatiga olindi.

Bunda "Samargand  hududiy  elektr  tarmoqlari  korxonasi" AJ ustav jamg‘armasiga qo‘shimcha ravishda chiqarilgan nominal qiymati 1000 so‘mdan bo‘lgan 38 759 839 dona 38 759 839 000 so‘mlik aksiya yuridik shaxs bo‘lgan yagona aksiyadorga hamda "Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash" AJ nizom jamg‘armasiga qo‘shimcha ravishda chiqarilgan nominal qiymati 1 755 so‘mdan bo‘lgan 427 835 dona 7550 850 425 so‘mlik aksiyalar 515 nafar aksiyadorlarning tegishli aksiyalariga bepul joylashtirilgan.

"Samargand  hududiy  elektr  tarmoqlari  korxonasi" AJ tomonidan 2020 yil 2 iyundagi ariza orqali qiymati 1000 so‘mdan bo‘lgan 2 721 142 dona umumiy qiymati 2 721 142 000 so‘mlik, egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilingan hujjatlar to‘plami amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi tahlil qilindi. Emitent nizom kapitaliga qo‘shimcha ravishda oddiy aksiyalar bo‘yicha joriy yil 20 yanvar kuni qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan holda yagona aksiyadorga joylashtirish yo‘li bilan oshirilgan. Shunga qaramasdan, jamiyat nizomiga e’lon qilingan aksiyalar miqdorini kamaytirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmaganligi sababli rad etilgan.

Boshqarmaning 2020 yil 10 iyundagi kuzatuv xati orqali amaldagi qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid qonun va qonunosti hujjatlari talablariga muvofiq jamiyat nizomiga vakolatli ro‘yxatga oluvchi organlar orqali e’lon qilingan aksiyalari miqdorini kamaytirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganidan so‘ng hujjatlar qayta taqdim qilinishi to‘g‘risida emitentga amaliy ko‘mak berildi.

Shundan so‘ng emitent boshqaruvi tomonidan Samarqand shahar davlat xizmatlari markazidan jamiyat ustaviga e’lon qilingan aksiyalari miqdorini kamaytirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan holda tegishli zaruriy hujjatlar joriy yilning 23 iyun kuni qayta taqdim qilindi. Jamiyat ustavi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid qonunbuzilish holatlari bartaraf qilindi.

Norboy JO‘LMATOV,

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i.