Muhim tashabbuslar bolajonlar nigohida

Davlatimiz rahbari yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgandi. Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on tumani markaziy istirohat bog‘ida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolajonlar ishtirokida ma’naviy-marifiy hamda sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
“Beshta muhim tashabbus-ma’naviy yetuk, barkamol shaxs kafolati!” shiori ostidagi tadbirlar doirasida tumandagi 58 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya olayotgan bolajonlar o‘z iqtidorlarini namoyish etdi. Jajji bolajonlarning tarbiyachi opalari ko‘magida tayyorlangan turli ko‘rinishdagi ko‘rgazmalar, badiiy chiqishlar, sport va madaniy dasturlar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.