Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Muxbir bo‘lishni istaysizmi?

“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bilan hamkorlikda tahririyat qoshidagi “Jurnalistik mahorat markazi”ning navbatdagi o‘quv kursiga tinglovchilarni qabul qiladi.

Unga oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurslarida tahsil olayotgan yoki bitirgan, jurnalistikaga qiziquvchi yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi.

Tanlov diktant va erkin ijodiy ish yozish orqali amalga oshiriladi.

O‘qish jarayonida:

- jurnalistika mahorat sirlari;

- davlat idoralarida axborot xizmatlari ishini yuritish;

- internet-jurnalistikasi yuzasidan saboq beriladi;

- ommaviy axborot vositalari tahririyatlarida amaliy mashg‘ulotlar;

- ijodiy seminarlar;

- tajribali jurnalistlar bilan master-klasslar tashkil etiladi.

O‘qish 2019 yil noyabr oyining 21 sanasidan 2020 yil 20 aprelga qadar davom etadi.

Mashg‘ulotlar tinglovchilar imkoniyatlaridan kelib chiqib, haftada ikki kun olib boriladi. Unda tajribali jurnalistlar, tegishli sohalar mutaxassislari mashg‘ulotlar o‘tadi.

Kursni muvaffaqiyatli bitirganlarga sertifikat hamda ijodiy jamoalarda ishlash uchun tavsiya beriladi.

Markazda o‘qish bepul.

O‘qish istagida bo‘lganlar 2019 yil 15 noyabrga qadar “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyatiga (Samarqand shahri Ulug‘ Tursunov ko‘chasi, 80-uy, telefonlar: 233-91-51, 233-91-58, 233-91-69, E-mail: [email protected]) murojaat qilishlari mumkin.