Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpayda fuqaro yashash xonadonida noqonuniy qurol hamda o‘q-dorilar saqlab kelayotgani aniqlandi

2020 yil 25 noyabr kuni Samarqand bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Kompleks” tezkor-profilaktik tadbiri davomida Narpay tumani IIB xodimlari tomonidan olingan ma’lumotga asosan, Narpay tumani Charxin mahallasida yashovchi, 1951 yilda tug‘ilgan A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida ushbu shaxs o‘zining yashash uyida bir dona “TOZ-BUM” rusumli ikki ko‘zli, 16-kalibrli ov quroli, 9 (to‘qqiz) dona 16 kalibrli gilzalarni va 70 (yetmish) dona sariq metaldan yasalgan kapsulalarni noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.