Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"O‘zbekkino" va "Soyuzmultfilm" hamkorligida "Xo‘ja Nasriddin" multseriali ishlanadi

"O‘zbekkino" milliy agentligi delegatsiyasining Moskvaga amaliy tashrifi doirasida "Soyuzmultfilm" studiyasida bo‘lishdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Memorandumga ko‘ra, "O‘zbekkino" va "Soyuzmultfilm" hamkorlikda Xo‘ja Nasriddin haqida animatsion serial ishlashga kelishib olishdi.

Xo‘ja Nasriddinning sarguzashtlari haqidagi animatsion serialni yaratish g‘oyasiga rossiyalik hamkorlar qiziqish bilan qabul qilishdi.

- Biz 20 yildan buyon O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish imkoniyatini kutayotgandik, - dedi "Soyuzmultfilm" kinostudiyasi Bosh direktori Boris Mashkovsev. - Xo‘ja Nasriddin haqidagi animatsion serialni yaratish g‘oyasini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaymiz. Katta yoshdagilar bu ajoyib qahramon haqidagi afsonalarni eshitib ulg‘aygan. Ushbu qahramon orqali Buxoro va Samarqandning tarixiy maskanlarini tomoshabinga to‘laroq ko‘rsatib berish ham mumkin.

Barno O‘NGBOYeVA.