Samarqandda “Ajoyib Xitoy, rang-barang O‘zbekiston” haftaligi o‘tkaziladi

Joriy yilning 10-20 sentyabr kunlari Toshkent va Samarqandda “Ajoyib Xitoy, rang-barang O‘zbekiston” haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Bugun 18:00 da Toshkent shahridagi "Zarafshon" konsert zalida haftalikning ochilish marosimi bo‘ladi.
Mazkur haftalik O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, turizm va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Haftalik doirasida Toshkentning Sayilgoh ko‘chasida Xitoy milliy liboslari namoyishi, amaliy san’at buyumlari ko‘rgazma-savdosi tashkil etiladi. Ayni kunda Sayilgoh ko‘chasi Xitoyning mashhur shamchiroqlari bilan bezatilgan.