Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamVMIda qo‘shaloq bayram nishonlandi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi hamda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy  tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari, xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari O‘zbekiston  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi hamda oliygoh ma’muriyatining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirda “Konstitutsiya bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi tashkil  etilib, unda institut fakultetlari jamoalari huquqiy bilimlarini sinab ko‘rdi.

Tanlov yakunida g‘oliblik zooinjeneriya fakultetining “Adolat” jamoasiga nasib etdi.

SamVMI axborot xizmati.