22 aprel – Xalqaro Yerni muhofaza qilish kuni

Yer insoniyatning, qolaversa, butun mavjudotning rizqu nasibasini beradigan birdan bir manba. Yerni himoyalash esa insoniyatning kelajagini belgilashga qaratilgan tadbirlardan biridir.

Negaki, bugun farovon hayotni ta’minlayotgan Ona zamin kelajak avlodni ham boqishi kerak.

Shuning uchun BMT rezolyusiyasiga ko‘ra, 1971 yildan buyon har yili 22 aprel - Xalqaro yerni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu sana munosabati bilan sayyoramizning turli mintaqalarida tadbirlar, ekologik ko‘rgazma va festivallar o‘tkaziladi, obodonlashtirish, ko‘chatlar o‘tqazish kabi xayrli ishlar amalga oshiriladi.

Mamlakatimizda ham yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga katta e’tibor berilmoqda. Bu yo‘nalish bo‘yicha oxirgi yillarda mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, "Yer osti boyliklari to‘g‘risida", "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunlar qabul qilindi.