Belgiyada havo harorati bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Yevropaning yomg‘ir eng ko‘p yog‘adigan poytaxtlaridan biri Bryusseleda shu kunlarda qattiq jazirama kuzatilmoqda. Bu haqda Yeuronews.com nashri xabar berdi.

Havo harorati Selsiy bo‘yicha 37 darajaga qadar ko‘tarilmoqda. Payshanba kuni esa Belgiyada 1833 yilda qayd etilgan rekord ko‘rsatkich yangilandi. Klyayn-Brogelda havo harorati 40,6 darajaga qadar ko‘tarildi. Mutaxassislar bu yakuniy natija emas, deb hisoblashmoqda. Belgiya Qirollik meteorologiya instituti vakilining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda ketma-ket ikki yildan buyon yoz mavsumi juda qurg‘oqchil kelmoqda. Yog‘ingarchilik kuzatilmayotgani sabab yerdagi namlik miqdori juda kamayib ketgan. Joriy yil boshidan to iyun oyiga qadar mamlakatda bor yo‘g‘i 87 kun yog‘ingarchilik kuzatilgan. Yog‘in miqdorining kamayib ketishi va jazirama issiq mamlakat qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetkazmoqda.