Davlati yo‘q xalqlar
Shunday bo‘lganki, yer yuzida o‘z davlatchiligidan butunlay mahrum juda katta etnik guruhlarning butun ro‘yxati bor. Ular hatto avtonom ham emas. Ya’ni, ular o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega bo‘lmasdan kattaroq va kuchliroq qo‘shnilar tomonidan qo‘lga olingan.
Kurdlar - کورد


Davlatsiz juda katta xalqning eng mashhur va klassik namunasi. Deyarli 40 million kishilik Yaqin Sharq hind-yevropa etnik guruhi Iroq, Eron, Suriya va Turkiya o‘rtasida bo‘lingan.
Midiya mag‘rur qadimiy jangchilarining avlodlari bo‘lmish kurdlar asrlar davomida hech bo‘lmaganda o‘z muxtoriyatlari uchun kurashib kelishadi. Biroq ularning strategik ahamiyatga ega mintaqalardagi mavjudligi kurdlarni alohida mamlakatga egalik qilish imkoniyatdan mahrum qiladi.
Berberlar


Bir vaqtlar Misr fir’avnlari ularga qarshi shiddatli urush olib borgan juda qiziqarli va qadimiy etnik guruh. Yahudiylar va arablar bilan juda uzoq qarindoshligi bor xalq hozirda Marokash va Nigerdan Liviyagacha bo‘lgan Sahroi Kabir bo‘ylab tarqalib ketgan.
Shu bilan birga, berberlar hech bir joyda mustaqil avtonomiyaga da’vo qilmaydi. Ular Shimoliy Afrikaning cheksiz cho‘llarida tuyalarida sayr qilishadi va shunday qilishni ma’qul ko‘rishadi. Shunga qaramay, turli manbalarga ko‘ra, Berber aholisi 35 milliongacha yetishi mumkin.
Assiriylar - Ashuraye


Qadimgi bronza davri semit jangchilarining mag‘rur avlodlari bir paytlar birinchilardan bo‘lib xristianlikni rasmiy din sifatida qabul qilgan.
Bugungi kunda yahudiy va arablarning uzoq qarindoshlari bo‘lgan 3,3 million tinch assiriyaliklar nafaqat davlat, balki muxtoriyatdan ham mahrum. Bu insonlar asosan, bugungi Suriya, Eron, Iroq va Turkiya tutashgan hududda joylashgan tarixiy vatanlaridan badarg‘a qilingan.
Manchjurlar – manchju


Bundan atigi bir yarim asr oldin manchjurlar Xitoyni boshqargan. Bugungi kunda ular 1945 yildan buyon Rossiya bilan chegaradosh shimoliy viloyatlarda, mavjud bo‘lmagan tarixiy Manchjuriyada tinch-totuv yashab keladi.
Chuqur xitoylashgan 10 million manchjur aholisi Osmonosti imperiyasi tarkibida o‘zlarining yirik avtonom viloyatiga ega emas – ularning atigi o‘nlab kichik avtonom okruglari bor. Xitoyliklar bir vaqtlar ular ustidan hukmronlik qilgan manchjurlarni kechira olmaydi.
Lo‘lilar – roma

Lo‘lilar o‘z davlati yoki hatto muxtoriyatini yaratishni unchalik istashmaydi. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lgan o‘troq hayot ko‘chmanchi lo‘lilar uchun juda begona. Qolaversa, lo‘lilar Hindiston shimolidagi tarixiy vatanlariga qaytishni xayoliga ham keltirmaydi.
Xulosa qilib aytganda, lo‘lilar davlatchilikdan mahrum va unga muhtoj bo‘lmagan xalqning o‘ziga xos namunasidir. Lo‘lilarning butun dunyo bo‘ylab tarqalish xaritasini tasavvur qilish ham qiyin.