Davlati yo‘q xalqlar
Shunday bo‘lganki, yer yuzida o‘z davlatchiligidanbutunlay mahrum juda katta etnik guruhlarning butun ro‘yxati bor. Ular hatto avtonom ham emas. Ya’ni, ular o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga egabo‘lmasdan kattaroq va kuchliroq qo‘shnilar tomonidan qo‘lga olingan.
Kurdlar - کورد
Davlatsiz juda katta xalqning eng mashhur vaklassik namunasi. Deyarli 40 million kishilikYaqin Sharq hind-yevropa etnik guruhi Iroq, Eron, Suriya va Turkiya o‘rtasida bo‘lingan.
Midiya mag‘rur qadimiy jangchilarining avlodlari bo‘lmish kurdlar asrlar davomida hech bo‘lmaganda o‘z muxtoriyatlari uchun kurashib kelishadi. Biroq ularning strategik ahamiyatga ega mintaqalardagimavjudligi kurdlarni alohida mamlakatga egalikqilish imkoniyatdan mahrum qiladi.
Berberlar
Bir vaqtlar Misr fir’avnlari ularga qarshishiddatli urush olib borgan juda qiziqarli vaqadimiy etnik guruh. Yahudiylar va arablar bilanjuda uzoq qarindoshligi bor xalq hozirdaMarokash va Nigerdan Liviyagacha bo‘lgan Sahroi Kabir bo‘ylab tarqalib ketgan.
Shu bilan birga, berberlar hech bir joydamustaqil avtonomiyaga da’vo qilmaydi. Ular Shimoliy Afrikaning cheksiz cho‘llarida tuyalaridasayr qilishadi va shunday qilishni ma’qulko‘rishadi. Shunga qaramay, turli manbalarga ko‘ra,Berber aholisi 35 milliongacha yetishi mumkin.
Assiriylar - Ashuraye
Qadimgi bronza davri semit jangchilariningmag‘rur avlodlari bir paytlar birinchilardanbo‘lib xristianlikni rasmiy din sifatida qabul qilgan.
Bugungi kunda yahudiy va arablarning uzoq qarindoshlari bo‘lgan 3,3 million tinchassiriyaliklar nafaqat davlat, balki muxtoriyatdanham mahrum. Bu insonlar asosan, bugungi Suriya, Eron, Iroq va Turkiya tutashgan hududda joylashgantarixiy vatanlaridan badarg‘a qilingan.
Manchjurlar – manchju
Bundan atigi bir yarim asr oldin manchjurlarXitoyni boshqargan. Bugungi kunda ular 1945 yildan buyon Rossiya bilan chegaradosh shimoliyviloyatlarda, mavjud bo‘lmagan tarixiyManchjuriyada tinch-totuv yashab keladi.
Chuqur xitoylashgan 10 million manchjur aholisi Osmonosti imperiyasi tarkibida o‘zlariningyirik avtonom viloyatiga ega emas – ularning atigio‘nlab kichik avtonom okruglari bor. Xitoyliklarbir vaqtlar ular ustidan hukmronlik qilgan manchjurlarni kechira olmaydi.
Lo‘lilar – roma
Lo‘lilar o‘z davlati yoki hatto muxtoriyatiniyaratishni unchalik istashmaydi. Muayyan yashashjoyiga ega bo‘lgan o‘troq hayot ko‘chmanchi lo‘lilaruchun juda begona. Qolaversa, lo‘lilar Hindiston shimolidagi tarixiy vatanlariga qaytishni xayoliga ham keltirmaydi.
Xulosa qilib aytganda, lo‘lilar davlatchilikdanmahrum va unga muhtoj bo‘lmagan xalqning o‘zigaxos namunasidir. Lo‘lilarning butun dunyo bo‘ylabtarqalish xaritasini tasavvur qilish ham qiyin.