2025 yil fotosuratlarda: urushlar, noroziliklar, falokatlar— ammo yorug‘ onlar ham bo‘ldi

Biz to‘plagan fotogalereya 2025 yildagi har bir muhim voqeani esga solishni da’vo qilmaydi. U yil xotirada qanday qolganini aks ettiradi: qo‘rqinch, iztirobli lahzalar hamda amalga oshmay qolgan tinchlikdan umid.

Shu bilan birga, bu yilda kulgili, iliq va hatto quvonchbaxsh etgan lahzalar ham bo‘lgani unutilmagan.

Yanvar oyida Kaliforniyada halokatli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi. Sababtabiiy va inson omilining omadsiz uyg‘unligi. O‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Los-Anjelesda, jumladan Gollivudda, besh mingdan ortiq uy yonib ketdi.

Kariforniya yong‘inidan keyingi yonib bitgan uyning vayronalari orasidan topilgan gullar.

 

AQShda immigrasiyaga qarshi kurashning yangi taktikasi qo‘llanila boshlandi: oilalarni namoyishkorona ravishda ajratish. Ko‘plab odamlar, hatto ularga boshpana berish rad etilgan va deportasiya to‘g‘risida qaror berilgan bo‘lsa ham mamlakatni tark etishdan bosh tortmoqda.

12 iyun kuni Hindistonning Ahmadabod aeroportida Londonga yo‘l olgan Air India aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner yo‘lovchi samolyoti uchishi bilan halokatga uchradi. U talabalar yotoqxonasi ustiga quladi. Samolyot bortdagi 241 kishi va yerdagi yana 19 kishi halok bo‘ldi. Bir nafar yo‘lovchi mo‘’jiza tufayli tirik qoldi.

Fevral oyida Sitsiliyada Etna vulqoni otildi. Bu deyarli har yili, ba’zan esa yiliga bir necha marta sodir bo‘ladi. Bu safar jabrlanganlar bo‘lmadi.

15 avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Alyaska shtatidagi Ankoridj shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni kutib oldi. Bu Trampning Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqaliham Ukraina, ham Yevropa ittifoqchilaridan o‘tib, Rossiya–Ukraina urushini to‘xtatishga qaratilgan ikkinchi urinishi edi.

G‘azo sektorida urush davom etdi. Iyun oyida AQSh–Isroil G‘azo gumanitar jamg‘armasi ish boshladi. U gumanitar yordamni olib kirish va taqsimlash, shuningdek, Isroil 2024 yilda HAMAS bilan aloqalari sabab haydab chiqargan BMTning Falastin qochqinlari ishlari bo‘yicha agentligi o‘rnini bosishi kerak edi.

26 aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Donald Tramp Vatikanda, Papa Fransiskning dafn marosimi vaqtida, Avliyo Pyotr soborida.

Iyun oyida Isroil 12 kun davomida Eronni bombardimon qildi. Islom respublikasining havo mudofaasi deyarli to‘liq yo‘q qilindi, raketa bazalari vayron etildi. O‘nlab yuqori lavozimli harbiylar, jumladan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondonligi deyarli to‘liq tarkibda, shuningdek yadroviy dasturni boshqargan olimlar va muhandislar halok bo‘ldi.

Gonkongdagi «Van Fuk Kort» turar joy majmuasidagi ulkan yong‘in sodir bo‘ldi. 26–27 noyabr kunlari ikki kun ichida 32 qavatli sakkizta uydan yettitasi yonib ketdi. 161 kishi halok bo‘ldi. Yong‘in binolarni rekonstruksiya qilish uchun o‘ralgan bambuk qurilish to‘rlari va himoya setkalari orqali jadal tarqaldi.

 

10 sentyabr kuni Arizona shtati universiteti kampusida amerikalik konservativ faol Charli Kirkning o‘ldirilishi muhim siyosiy burilish voqeasiga aylandi.

Dallaslik 13 yoshli Fayzan Zakining may oyida Merilend shtatining National Harbor shahrida bo‘lib o‘tgan imlo musobaqasida g‘olib chiqqanidan keyingi holati.

Xarkov viloyatida Rossiya bombalari portlaganidan so‘ng, ukrainalik ayol uy hayvonlari bilan ko‘p qavatli uyidan yugurib chiqmoqda.

18 may kuni Nepaldagi Everest cho‘qqisiga yaqinlashayotgan alpinistlar saf tortmoqda.

Samarqandda Markaziy Osiyo-Fors ko‘rfazi sammiti bo‘lib o‘tdi.

Gulnora Xoldorova tayyorladi.