Yangi yil mo‘’jizasiga ishonishga yordam beradigan iqtiboslar

Ko‘pchilik uchun Yangi yil shunchaki bayram emas, bu xafagarchiliklarni unutish, xatolardan voz kechish va barcha narsani boshqatdan boshlash uchun sehrli vaqtdir. Biz turli mualliflarning Yangi yil haqidagi ilhomlantiruvchi iqtiboslarini to‘pladik, ulardan nafaqat 31 dekabr kuni, balki dam olish kunlarida ham foydalanishingiz mumkin.

Bred Peysli:

- Ertaga 365 betdan iborat kitobning birinchi sahifasi ochiladi. Uni chiroyli so‘zlar bilan yoza boshlang.

Oleg Roy:

- Yangi yil - har doim yaxshi narsalar umidi, baxt haqida orzulardir. Bu kun kelgusi yilning albatta, o‘tgan yilga qaraganda yaxshiroq bo‘lishini va barcha muammolar, umidsizliklar va qayg‘ularning o‘tmishda qolishi haqida hayajonli lahzalarni keltirib chiqaradi. Aynan Yangi yil arafasida, biz har qachongidan ham ko‘proq, barcha ko‘ngilda saqlanib kelingan va sir bo‘lgan orzularimizning amalga oshishiga ishonishni xohlaymiz.

Faina Ranevskaya:

- Yangi yil - eski xayollar bilan qayg‘uli xayrlashuv va yangi orzular bilan quvonchli uchrashuvdir.

Edit Lavjoy Pirs:

- Biz sahifalari bo‘sh kitobni o‘z qo‘lyozmamiz bilan to‘ldirish uchun ochyapmiz. "Imkoniyat" deb nomlanadigan kitobning birinchi bobi "Yangi yil" deb nomlanadi.

Silviya Chiz:

- Har bir eski yil quvonchli - Yangi yil bilan tugaydi.

Tigran Babayan:

- Inson hayotidagi har bir yangi yil qor parchasi naqshi kabi nozik va betakror. U xotirada quvonchli lahzalar, qalbda bitmas-tuganmas yaralarni qoldirib, tez va sezilmas darajada erib ketadi.

Benjamin Franklin:

- Har doim o‘z kamchiliklaringiz bilan urush holatida, qo‘shnilaringiz bilan tinchlik munosabatida bo‘ling va har bir yangi yil arafasida o‘zingizda ilgaridagiga qaraganda yaxshiroq odam kashf qiling.

Mixail Mamchich:

- Hatto adashib eshigingizni ochganlarni ham ko‘rishdan xursand bo‘lsangiz, demak siz Yangi yil kayfiyatidasiz.

Elchin Safarli:

- Yilning so‘nggi daqiqalarini kuzata turib, qadahlarimizni tillarang shampanga to‘ldiramiz, yaqinlarimizni quchoqlaymiz va yangi yil hyech bo‘lmaganda jindakkina farq bilan avvalgisidan ham baxtliroq bo‘lishiga umid qilamiz...

Bahora tayyorladi.