Zukko shifokor!
1960 yilda xavfsizlik xizmatining e’tiborsizligi tufayli Turkiyadagi Al-Abbosiya ruhiy kasalliklar shifoxonasidan bemorlarning ommaviy qochib ketishi sodir bo‘ldi.
Oqibatda jamoat xavfsizligini jiddiy tashvishga solgan 243 nafar bemor shahar ko‘chalariga chiqib ketdi. Shifoxona ma’muriy direktori darhol doktor Jamolni chaqirib, yuzaga kelgan vaziyatni zudlik bilan hal qilishni talab qiladi.
Topqir doktor Jamol esa ko‘p o‘ylanib o‘tirmadi, u tezda masalaning zukko yechimini topdi. Shifokor bir nechta shifoxona xodimlarni chaqirdi, bir-birlarini mahkam ushlashlarini so‘rab, ularni bir qatorga qo‘ydi, o‘zi saf boshida turib, hushtakni oldi va baland ovozda hushtak chalgancha ko‘chaga chiqib ketdi.
— Tuuu-tuuuut! Tuuu-tuuuut! - qochib ketgan bemorlarning e’tiborini tortishga urinib, baland ovozda hushtak chaldi. Unga ergashgan xodimlar esa bir-biriga yopishgan holda poyezd vagonlari rolini o‘ynab ketaverardi.
Qizig‘i, doktor Jamol kutgan narsa sodir bo‘ldi, uning topqirligi o‘z natijasini berdi.
“Poyezd”ni ko‘rib qolgan har bir bemor unga qo‘shildi. Natijada doktor Jamol barcha qochoqlarni yig‘ib olib, ularni kasalxonaga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Shifoxonaga kelgach va eshik tavaqlari yopilgach, ular yana bir muammoga duch kelishdi: Qaytib kelgan bemorlar o‘z xonalariga joylashtirilib, sanab chiqilgandan so‘ng ularning soni qochib ketganlar sonidan oshib ketganligi aniqlandi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.