Gaz va svet hisobingizni to‘ldirib oling, eski tariflar 2 oygacha amal qiladi

Yozishlaricha, uch kundan keyin gaz va elektr energiyasi tariflari keskin oshadi. Ijtimoiy norma va undan ortiq ilk tijoriy shkalada tariflar gaz bo‘yicha 650/1500 so‘mdan 1000/1800 so‘mgacha, elektr energiyasi bo‘yicha esa 450/900 so‘mdan 600/1000 so‘mgacha qimmatlashadi.

Lekin sizda agar gaz va svet hisobingizda 2 oylik iste’molga yetarli mablag‘ bo‘lsa yoki 1 aprelgacha hisobingizni to‘ldirib olsangiz, kamida 2 oy (1 iyungacha) eski tariflarda pul ushlanadi.

Chunki elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga ko‘ra, tariflar o‘zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi va elektr energiyasi uchun avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan iste’molchi ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.