Kot-d’Ivuarda 23 kishi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi
- 16.07.2021 11:47
- 38
- Xorij

G‘arbiy Afrikadagi Kot-d’Ivuar respublikasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida kamida 23 kishi halok bo‘ldi va 34 kishi jarohatlandi, deya xabar beradi mahalliy Fraternite Matin gazetasi.
Mikroavtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi mamlakatning eng yirik shahri – Abidjandan taxminan 100 kilometr shimolda sodir bo‘ldi.
"Jarohat olgan 34 kishidan 16 nafari, jumladan 5 nafar bola kasalxonaga yotqizildi, kattalar orasida uch nafari komada", dedi Bodo shahridagi kasalxona vakili (Lagyun viloyati) gazetaga.
Guvohlar aytishicha, avariya mikroavtobus g‘ildiragi yorilishi sababli sodir bo‘lgan.