Navro‘zda faxriy xodimlar ham yo‘qlanmoqda

Navro‘z bayrami va muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan tizimda uzoq yillar mehnat qilib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olinmoqda.
Ushbu tadbirda, Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi tizimida faoliyat yuritgan bir qator faxriylar xonadoniga yo‘qlab borildi. Faxriy xodimlarga rahbariyatning tabrigi topshirildi.
Biz ham ezgu qadriyatlarimizga amal qilgan holda ulug‘ ayyom kunlarida faxriylarimiz holidan xabar olib, ulardan kasbiy ko‘nikma o‘rganayapmiz. Faxriylarning o‘gitlari bugungi kunlarda biz uchun juda qimmatli.
– Xalqimizning mehr-e’tibori har doim, har qanday vaziyatda odamni ruhlantiradi deb so‘z boshladi - Mamayusuf Xidirov. – Bugungi kunlarda, ayniqsa, ana shunday mehr-oqibatning qadri bebaho. Hamkasblarimning yo‘qlab kelishi ko‘nglimni tog‘dek ko‘tardi.
Ular bilan bo‘lgan qisqa suhbatdan o‘zgacha kuch oldim. Baribir odam odam bilan tirik, tizimdagi o‘zgarishlarni kuzatib borayapman. Hozirgi davlat ijrochilarga havasim keladi. Soha tubdan o‘zgardi tajribamdan kelib chiqib, ularga o‘z tavsiyalarimni berib boryapman.
Faxriylar bilan uchrashib, ularning soha rivoji uchun qo‘shgan hissasi, jasorati doimo yosh xodimlarga o‘rnak bo‘lib kelayotganligi barchamizni birdek quvontiradi desak yanglishmaymiz.
Farrux SALIMOV,
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi Kadrlar sho‘’basi katta inspektori.