Past Darg‘omda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazildi
- 19.03.2021 17:58
- 70
- Salomatlik

O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida Past Darg‘om tumani tibbiyot birlashmasida onkolog shifokorlar ishtirokida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Mazkur xayrli tadbir “Sog‘lom oila - mustahkam oila” loyihasi doirasida onkologik kasalliklarni oldini olish, saraton va saratonoldi kasalliklarini erta aniqlash va davolash maqsadida tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikka sohaning yetakchi olimlari va nevropotolog, jarroh, endokrinolog, akusher-ginekolog, kardiolog, urolog kabi yuqori malakali shifokorlar jalb etildi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim