Samarqandlik ikki ijodkor xotirlandi

Samarqand shahridagi Orif Gulxaniy uy-muzeyida Samarqandning ikki taniqli shoiri Salim Kenja va Ziyodulla Nurmatov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda samarqandlik ijodkorlar, professor-o‘qituvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
- Otam butun umrini insonning ham ma’nan, ham jisman barkamol bo‘lishi uchun sarflagan qalbi daryo inson edilar, - deydi Ziyodulla Nurmatovning qizi Hulkar Nurmatova. – U kishi hozir oramizda bo‘lmasa-da bir umrlik merosi - insoniylik, saxovatpesha va bag‘rikenglik xislatlari aks etgan ijodi ommaga o‘rnak bo‘lib qoldi. Otam keyingi yillarda ana shunday ezgu g‘oyalarga yo‘g‘rilgan yangi kitob chiqarish niyatida edi. Afsuski, bu nasib etmadi. Ammo biz, farzandlari otamning ishlarini davom ettirgan holda mehr-muhabbat nuri ufurib turgan ijod namunalarini to‘plab, “Bedorlik” nomi bilan chop ettirdik.
Tadbir davomida Salim Kenja va Ziyodulla Nurmatov ijodidan namunalar va ularga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi.