Sudlar va advokatlar o‘rtasida qanday muammolar bor?

Advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida sudlar va advokatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sudlar va advokatlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va ularning yechimi, bu borada qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda Advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Tohir Qodirov, viloyat sudining raisi Olim Hayitov, viloyat ma’muriy sudining raisi B.Diyorov, Samarqand tumanlararo ma’muriy sudining raisi Z.Karimov hamda advokatlar ishtirok etib,  dolzarb savollarga javob izlandi.

Shuningdek, soha vakillari advokatura haqidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan islohotlar, yechimini topayotgan muammolar borasida ham o‘zaro fikr almashdi.