Viloyat hokimini ham kuzatishyaptimi?

Mamlakatimizda keyingi 5-6 yilda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, Samarqandda ham rahbarlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zlari olib borayotgan ishlari va tizimdagi islohotlar haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berish hamda targ‘ibot ishlari uchun ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanib kelinmoqda.
Viloyat hokimining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi-matbuot kotibi Manuchehr Mirzayevning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Samarqandda faoliyat olib borayotgan 1523 nafar rahbarning ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari mavjud. Ushbu sahifalarga a’zolarning umumiy soni 2 millionga yaqinni tashkil etadi.
Yil yakuniga qadar birinchi rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, nodavlat-notijorat tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini 5 mingga yetkazish bo‘yicha choralar belgilangan.
Rahbar kadrlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi bo‘yicha yetakchilik va namuna sifatida viloyat rahbarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini misol keltirishimiz mumkin.
Bugungi kun holatida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovni Facebook, Instagram, youtube va telegram tarmoqlari orqali 114 003 nafar obunachi kuzatib borishmoqda. Viloyat rahbarini eng ko‘p FACEBOOK ijtimoiy tarmog‘i orqali kuzatib borishmoqda. Ushbu tarmoqdagi sahifaga (http://facebook.com/turdimov/) a’zolari soni 60 058, Youtubeda (https://www.youtube.com/samarkandpressservice) 23 805, Instagramda (https://www.instagram.com/e_turdimov/) 15 131 va telegramda (https://t.me/joinchat/AAAAAESDjh7O726kdKg2QA) 15 009 nafarni tashkil etmoqda.