Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 42,5 foizga kamaydi

Ichki ishlar organlarida xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha ayol xodimlarning faoliyati yo‘lga qo‘yilishi tizimda ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganini ko‘rsatmoqda.
Xususan, xotin-qizlar tomonidan hamda ularga nisbatan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida joriy yilning o‘tgan davrida 17 410 nafar xotin-qizlar bilan profilaktik ishlar olib borilib, ularga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilgan.
O‘rganish davomida xotin-qizlarning 1110 ta muammosi aniqlanib, ulardan 1 007 tasi hal etilgan. Ajrim yoqasiga kelib qolgan 398 nafar oiladan 334 nafar oila o‘zaro yarashtirilgan, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida 301 ta notinch oilalar kelishmovchiligiga barham berilgan.
- 688 holatda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga tegishli tartibda himoya orderlari berildi, - deydi Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari A.Halimov. – Shuningdek, 131 nafar xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik barham topdi.
Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 48 taga yoki 42,5 foizga kamayishiga erishildi.