Bangladesh Respublikasi delegatsiyasi Samarqandga keldi
- 17.07.2021 14:05
- 94
- Samarqand

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Bangladesh Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdul Momen boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi. Samarqand temir yo‘l vokzalida martabali mehmonni viloyat hokimining o‘rinbosari B.Nurullayev kutib oldi.
Delegatsiya a’zolari Samarqandga tashrifini Payariq tumanidagi Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlab, ulug‘ muhaddis haqiga Qur’on tilovat qilishdi. Majmuada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tashkil etilgan muzeyni tomosha qildi.
Shundan so‘ng mehmonlar Samarqand shahridagi Ulug‘bek rasadxonasi, "SAG" gilam zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Baxtiyor Mustanov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Kecha, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Kecha, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Kecha, 17:30
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Kecha, 11:50
- Jamiyat