Bangladesh Respublikasi delegatsiyasi Samarqandga keldi

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Bangladesh Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdul Momen boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi. Samarqand temir yo‘l vokzalida martabali mehmonni viloyat hokimining o‘rinbosari B.Nurullayev kutib oldi.

Delegatsiya a’zolari Samarqandga tashrifini Payariq tumanidagi  Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlab, ulug‘ muhaddis haqiga Qur’on tilovat qilishdi. Majmuada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tashkil etilgan muzeyni tomosha qildi.

Shundan so‘ng mehmonlar Samarqand shahridagi Ulug‘bek rasadxonasi, "SAG" gilam zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Baxtiyor Mustanov.