Baxshi-shoir uy muzeyida hashar
- 26.01.2019 23:02
- 150
- Jamiyat

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan umumxalq ekologik hayriya hasharida Samarqand viloyati madaniyat va san’at hodimlari ham faol ishtirok etdi.
Shu kuni boshqarma tasarrufidagi teatrlar, bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat va aholi dam olish markazlarida tozalash-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Madaniyat va istirohat bog‘lari hududi, ariqlar va yo‘laklar tartibga keltirildi.
Xayriya hashari, ayniqsa viloyatning Qo‘shrabot tumanida bunyod etilayotgan buyuk baxshi-shoir Ergash Jumanbulbul o‘g‘li uy muzeyida uyushqoqlik bilan o‘tdi. Muzey hududi, baxshi-shoir haykali va maqbarasi atrofi tozalandi, muzeyning bog‘ qismidagi daraxtlarga shakl berilib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Teglar:
hashar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandlik tadbirkorlar nega qamaldi?
- 1 soat avval
- Jinoyat va jazo
Ular - hunarmand, tadbirkor, lider
- 2 soat avval
- Jamiyat
Biz YUNESKO tanlovida qatnashyapmiz
- Bugun, 18:01
- Samarqand
“Biz ana shunday do‘stmiz”
- Bugun, 17:59
- Mutolaa